Asosiy kontentga o'tish (Skip to content)
Rasmiy KonkursQabul ochiqE'lon qilingan: 15-oktabr, 2026

18 yoshgacha bo’lgan yoshlar uchun veb-sayt yaratish konkursi

N

Nurbek Burkhanoff

Tasdiqlangan buyurtmachi

Topshiriq tavsifi (Brief)

Konkurs haqida Biz 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar orasida eng yaxshi veb-sayt yaratish bo’yicha konkurs e’lon qilamiz. Maqsad: yosh dasturchi va dizaynerlarning iste’dodini aniqlash, ularga amaliy tajriba va o’z ishini ko’rsatish imkoniyatini berish. Topshiriq Ishtirokchi quyidagi mavzulardan birini tanlab, to’liq ishlaydigan veb-sayt yaratishi kerak: Shaxsiy portfolio sayt Maktab yoki to’garak uchun sayt Kichik biznes yoki do’kon uchun landing page O’z g’oyasi asosidagi ijodiy loyiha (jamoat uchun foydali) Ishtirok shartlari Ishtirokchining yoshi 18 dan oshmasligi kerak (hujjat yoki ota-ona tasdig’i bilan tasdiqlanadi). Ishtirok yakka tartibda yoki 2-3 kishilik jamoada bo’lishi mumkin. 14 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar uchun ota-ona yoki vasiyning roziligi shart. Har bir ishtirokchi (yoki jamoa) faqat bitta ish topshirishi mumkin. Texnik talablar Sayt internetda ochiladigan havola (link) ko’rinishida topshirilishi kerak (masalan, Vercel, Netlify, GitHub Pages). Sayt telefon va kompyuterda to’g’ri ko’rinishi (adaptiv dizayn) kerak. Kamida 3 ta sahifa yoki bo’lim bo’lishi lozim: bosh sahifa, haqida, aloqa. Istalgan texnologiyadan foydalanish mumkin (HTML/CSS/JS, React, Next.js, no-code vositalar va h.k.). Kod GitHub yoki arxiv ko’rinishida ham taqdim etilishi kerak. Original va halollik talablari Ish ishtirokchining o’zi tomonidan yaratilgan bo’lishi shart. Boshqa birovning tayyor ishini ko’chirish, shablonni o’zgartirmasdan topshirish taqiqlanadi. Rasm, shrift va ikonkalar uchun faqat bepul litsenziyali manbalardan foydalaning. AI vositalaridan foydalanilgan bo’lsa, buni ochiq ko’rsating (muallifning asosiy ishtiroki baribir shart). Qoidalarni buzgan ish ro’yxatdan chiqariladi. Baholash mezonlari (100 ball) Dizayn va vizual ko’rinish: 30 ball Funksionallik va texnik sifat: 25 ball Original g’oya va ijodkorlik: 20 ball Telefonda qulaylik (adaptivlik) va tezlik: 15 ball Taqdimot va tushuntirish: 10 ball

Biriktirilgan fayllar va havolalar

0 ta material

Ushbu konkurs uchun alohida tashqi fayllar biriktirilmagan. Briefdagi ko'rsatmalarga asosan ishlang.

Qanday qilib qatnashish va ish topshirish mumkin?
1

Briefni o'rganing

Mijoz talablari va muddat

2

Havolani tayyorlang

Figma, Behance, Drive yoki rasm URL

3

Darhol +5 ball oling

Ish mijoz ko'rib chiqishiga o'tadi

Mening topshirgan ishlarim (0 ta versiya)

Ushbu konkurs uchun yuborilgan variantlaringiz va ularning holati.

Siz hali ushbu konkursga ish topshirmadingiz

Brief talablari bilan tanishing va o'z dizayningizni yuboring. Har bir topshirilgan versiya uchun profilingizga avtomatik +5 ball qo'shiladi!

Dizaynerlar uchun ball va komissiya tizimi

Konkursga ish topshirgan har bir dizayner +5 ball oladi. Mijoz tomonidan shortlist (nomzod) deb tanlanganlar +50 ball qozonadi. Yig'ilgan ballar hisobiga darajangiz oshib, platforma komissiyasi 20% dan 5% gacha pasayadi.

Mukofot jamg'armasi
500 000 so'm

G'olib deb tanlangan ishtirokchiga to'lanadi

Ishlarni qabul qilish muddati:
Muddati yakunlangan
Yuborilgan ishlar:
0 ta