Eng sara g‘oyalaringiz bilan raqobatlashing, oltin mukofotlarni yuting
Mijozlar brief e’lon qiladi, iqtidorli dizaynerlar ish yuboradi. Har bir topshirilgan ish va shortlist uchun ball yig‘ing, darajangizni oshirib komissiyani 20% dan 5% gacha tushiring!
Mukofot jamg'armasi
500 000 so'm
Faol ochiq konkurslar
1 ta
Yuborilgan ishlar
0 ta
Minimal komissiya
5% (Senior)
18 yoshgacha bo'lgan iqtidorlar chempionati!
Har 3 oyda eng yuqori natija ko'rsatgan yosh dizayner 500 000 so'm pul mukofoti va Golden Boy chempionlik tojiga sazovor bo'ladi.
Konkurs haqida Biz 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar orasida eng yaxshi veb-sayt yaratish bo’yicha konkurs e’lon qilamiz. Maqsad: yosh dasturchi va dizaynerlarning iste’dodini aniqlash, ularga amaliy tajriba va o’z ishini ko’rsatish imkoniyatini berish. Topshiriq Ishtirokchi quyidagi mavzulardan birini tanlab, to’liq ishlaydigan veb-sayt yaratishi kerak: Shaxsiy portfolio sayt Maktab yoki to’garak uchun sayt Kichik biznes yoki do’kon uchun landing page O’z g’oyasi asosidagi ijodiy loyiha (jamoat uchun foydali) Ishtirok shartlari Ishtirokchining yoshi 18 dan oshmasligi kerak (hujjat yoki ota-ona tasdig’i bilan tasdiqlanadi). Ishtirok yakka tartibda yoki 2-3 kishilik jamoada bo’lishi mumkin. 14 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar uchun ota-ona yoki vasiyning roziligi shart. Har bir ishtirokchi (yoki jamoa) faqat bitta ish topshirishi mumkin. Texnik talablar Sayt internetda ochiladigan havola (link) ko’rinishida topshirilishi kerak (masalan, Vercel, Netlify, GitHub Pages). Sayt telefon va kompyuterda to’g’ri ko’rinishi (adaptiv dizayn) kerak. Kamida 3 ta sahifa yoki bo’lim bo’lishi lozim: bosh sahifa, haqida, aloqa. Istalgan texnologiyadan foydalanish mumkin (HTML/CSS/JS, React, Next.js, no-code vositalar va h.k.). Kod GitHub yoki arxiv ko’rinishida ham taqdim etilishi kerak. Original va halollik talablari Ish ishtirokchining o’zi tomonidan yaratilgan bo’lishi shart. Boshqa birovning tayyor ishini ko’chirish, shablonni o’zgartirmasdan topshirish taqiqlanadi. Rasm, shrift va ikonkalar uchun faqat bepul litsenziyali manbalardan foydalaning. AI vositalaridan foydalanilgan bo’lsa, buni ochiq ko’rsating (muallifning asosiy ishtiroki baribir shart). Qoidalarni buzgan ish ro’yxatdan chiqariladi. Baholash mezonlari (100 ball) Dizayn va vizual ko’rinish: 30 ball Funksionallik va texnik sifat: 25 ball Original g’oya va ijodkorlik: 20 ball Telefonda qulaylik (adaptivlik) va tezlik: 15 ball Taqdimot va tushuntirish: 10 ball
Dizayner darajalari va komissiya stavkalari
Har bir topshirilgan ish (+5 ball) va tanlangan nomzodlik (+50 ball) darajangizni ko'taradi.
20%
Platforma komissiyasi
Yangi boshlovchilar uchun boshlang'ich daraja
15%
Platforma komissiyasi
Faol va nomzod (shortlist) bo'lgan mutaxassislar
10%
Platforma komissiyasi
Tajribali va g'olib chiqqan dizaynerlar
5%
Platforma komissiyasi
Platforma elita mutaxassislari, minimal komissiya